Mijozlaringizga kechayu kunduz javob beradi
Chatfab AI biznesingiz Telegram'ida mijozlar savollariga o'zbek va rus tillarida bir necha soniyada javob beradi. U faqat siz bergan ma'lumot asosida gapiradi, to'lov va shikoyat kabi masalalarni esa menejeringizga uzatadi.
Qanday ishlaydi
Ulash uchun dasturchi kerak emas. Biz hammasini o'zimiz sozlaymiz.
Biznesingizni o'rganamiz
Narxlar, xizmatlar, ish vaqti, manzil va eng ko'p beriladigan savollar. Bot shu ma'lumotdan tashqariga chiqmaydi.
Botni ulaymiz
Telegram botingizga yoki Telegram Business orqali shaxsiy akkauntingizga. Instagram — tez orada.
Bot javob beradi, menejer ishni oladi
Oddiy savollarga bot javob beradi. To'lov, shikoyat va murakkab so'rovlar menejerga ish bo'lib tushadi.
Mijoz javobsiz qolmaydi
24/7 javob
Tunda, dam olish kunida va bayramda ham. Mijoz javobni soniyalarda oladi.
O'zbek va rus tilida
Mijoz qaysi tilda yozsa, bot shu tilda javob beradi.
Qat'iy qoidalar
To'lov va shartnoma haqida bot o'zidan va'da bermaydi. Bu qoida modelga emas, kodga yozilgan.
Menejer nazorati
Bot mijozdan "menejer bog'landimi?" deb so'raydi. Bog'lanmagan bo'lsa, menejerga qayta eslatadi.
Boshqaruv paneli
Barcha yozishmalar, menejerga uzatilgan ishlar va ko'rsatkichlar bir joyda. Kerak bo'lsa, javobni o'zingiz yozasiz.
Ma'lumotlar O'zbekistonda
Mijozlaringiz haqidagi ma'lumotlar O'zbekistondagi serverda saqlanadi va boshqa bizneslar bilan aralashmaydi.
Bog'laning
Biznesingiz haqida qisqacha yozing — qanday ulash mumkinligini aytib beramiz.